- Bosh sahifa
- FAQ
Koʻp beriladigan savollar
Mahsulotlaringiz tayyor tabletka yoki kapsula shaklidami?
Yoʻq. Bizning asosiy kontseptsiyamiz — mijozga 100% sof, qoʻshimchalarsiz xomashyo (giyoh kukunlari, ekstraktlar, togʻ asali, sovuq siqilgan moylar va nutritsevtik kukunlar) yetkazib berish. Siz ularni alohida isteʼmol qilishingiz yoki «Shayx ur-Rais Jurnali» retseptlari asosida uy sharoitida yangi maʼjun va eliksirlar tayyorlashingiz mumkin.
Uy sharoitida tayyorlaganda meʼyordan oshirib yuborish (peredoz) xavfi yoʻqmi?
Mutlaqo yoʻq. Birinchidan, har bir retseptda grammlar va choy qoshiq oʻlchovlari aniq koʻrsatilgan. Ikkinchidan, kuchli taʼsir etuvchi molekulyar nutritsevtiklar (Resveratrol, Koenzim Q10, R-ALA, NAC, L-Teanin, BioPerin) tsex sharoitida xavfsiz meʼyorga keltirilib standartlashtirilgan va har bir banka ichiga maxsus 1 grammli oʻlchov qoshiqchasi solib qoʻyilgan.
Mahsulotlar sifati va xavfsizligi qanday kafolatlanadi?
Barcha xomashyolar kirish nazoratidan oʻtadi, tahlil sertifikatiga (CoA — Certificate of Analysis) ega va Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya talablariga toʻliq javob beradi. Yorugʻlik va namlikka sezuvchan mahsulotlar maxsus UV-himoyali shisha bankalarda va oziq-ovqat silikagel paketi bilan qadoqlanadi.
Qaysi mahsulot menga mos kelishini qanday bilaman?
Katalogda maqsad boʻyicha qulay filtrlar mavjud (masalan: «Yurak va qon tomir», «Jigar va detoks», «Uyqu va asab», «Immunitet», «Boʻgʻimlar»). Shuningdek, Mizoj va Biologik yosh testlaridan oʻtib yoki «Shayx ur-Rais Jurnali»dagi maqolalarni oʻqib, oʻz holatingizga mos retseptni tanlashingiz mumkin. Testlarga oʻtish
Uyda tayyorlangan maʼjun va pastalarni qanday saqlash kerak?
Asal asosidagi maʼjunlar (suv qoʻshilmasdan tayyorlangan boʻlsa) yopiq shisha bankada salqin va qorongʻu joyda 4–6 oygacha oʻz kuchini yoʻqotmaydi. Anjir va qora oʻrik pastasi asosidagi mevali maʼjunlar esa ochilgandan soʻng albatta muzlatgichda (+2...+6°C) saqlanishi shart. Barcha eliksir va damlamalar faqat yangi tayyorlangan holida ichiladi.
Qaynoq suvda damlash mumkin boʻlmagan mahsulotlar bormi?
Ha, bu juda muhim qoida:
- Togʻ asali va organik olma sirkasini hech qachon 45°C dan issiq suvga solmang — aks holda ularning tirik fermentlari oʻladi.
- Molekulyar kukunlar (L-Glitsin, NAC, R-ALA, Koenzim Q10) faqat xona haroratidagi (20–25°C) toza suvda, shisha yoki farfor idishda eritiladi (metall qoshiq ishlatmang).
Narxlar qayerda koʻrsatilgan?
Katalogimizdagi barcha 44 ta mahsulot kartochkasida ochiq va aniq narxlar koʻrsatilgan. Agar retsept boʻyicha toʻplam (set) buyurtma qilsangiz, 10% toʻplam chegirmasi amal qiladi.
Buyurtma berish va yetkazib berish qanday amalga oshiriladi?
Roʻyxatdan oʻtish shart emas: savatchada 4 ta maydonni toʻldiring yoki 1 klikda tezkor buyurtma bering. Toshkent boʻylab — shu kuni yoki ertasi kuni, viloyatlarga — 2–4 ish kunida. Yetkazib berish va toʻlov shartlari
«Tez kunda sotuvda» statusi nimani anglatadi?
Mahsulot sertifikatsiyadan oʻtmoqda yoki yoʻlda. «Kelganda xabar berish» tugmasini bosing — sotuvga chiqishi bilan sizga xabar beramiz.
Ushbu mahsulotlarni shifokor yozgan dorilar bilan birga ichsa boʻladimi?
Agar siz surunkali kasalliklar (masalan, qandli diabet, yuqori qon bosimi, qon suyultiruvchi dorilar qabuli) boʻyicha davolanayotgan boʻlsangiz, homilador yoki emizikli boʻlsangiz, qabul qilishdan oldin albatta davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing. Saytdagi mahsulotlar tabiiy oziq-ovqat xomashyolari va biologik faol qoʻshimchalar boʻlib, dori vositasi hisoblanmaydi. Qoʻllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
Javob topa olmadingizmi?
+998 97 019 33 55